Hurmatli Energetiklar!
Sizlarni kasb bayramingiz — Energetiklar kuni bilan tabriklaymiz!
Respublikamiz energetika sohasini izchil rivojlantirish yo‘lida amalga oshirayotgan sadoqatli mehnatingiz, yuksak mas’uliyat va fidoyilik bilan bajarayotgan ezgu ishlaringizda doimo omad yor bo‘lsin.
Shu kun munosabati bilan sizlarga mustahkam sog‘liq, xonadoningizga tinchlik va farovonlik, mas’uliyatli faoliyatingizda yangi yutuqlar, katta muvaffaqiyatlar hamda ezgu rejalaringiz amalga oshishini tilaymiz!
Hurmat va ehtirom bilan,
“O’zbekenergota’mir” AJ
