Sayt test rejimida ishlamoqda

Toshkent viloyati, Qibray tumani, Tosh DUK ko‘chasi 296-uy info@uzbekenergotamir.uz
Sayt xaritasi (1100)(+998 55) 508-89-98

Matbuot - xizmatining asosiy funksiya va vazifalari

Korxona rahbariyati tomonidan belgilanadigan axborot siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda qatnashish

Korxonaning faoliyati sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarning milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinishini ta’minlash

Milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarida korxona faoliyatining dolzarb jihatlarini, tegishli sohadagi yagona davlat siyosatini amalga oshirish masalalarini yoritish

Korxona rasmiy veb-saytida korxona faoliyatiga daxldor axborot va yangiliklarni maqola, xabar va tahliliy materiallar shaklida yoritib borish, veb-saytdagi axborot resurslarini tashkil etish, ularning samarali faoliyatini ta’minlash

Korxonaga nisbatan ijtimoiy fikrning ahvolini hamda mahalliy, respublika va xorijiy ommaviy axborot vositalari munosabatini tahlil qilish va ular to‘g‘risida korxona rahbariyatini xabardor qilish

Xizmat oldida turgan vazifalarni samarali hal etish uchun zarur bo‘lgan axborotlarni korxonaning boshqa bo‘linmalari bilan o‘zaro hamkorlikda to‘plash va qayta ishlash

Ommaviy axborot vositalari uchun xabarlarni (press-relizlar, byulletenlar, sharhlar va shu kabilarni) tayyorlash va tarqatish

Korxona faoliyatiga doir masalalar bo‘yicha bosma materiallarni tayyorlash hamda milliy va xorijiy nashrlarda e’lon qilish, tele- va radioeshittirishlarni tashkil etish, tegishli sohadagi davlat siyosatini amalga oshirish

Korxona rahbariyati va xodimlarining ommaviy axborot vositalari vakillari bilan matbuot konferensiyalari, brifinglari, intervyulari va boshqa uchrashuvlarini tashkil etish

Korxona faoliyatiga doir masalalar bo‘yicha ijtimoiy fikrni hamda milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari pozitsiyasini o‘rganishga doir tahliliy ishlarni amalga oshirish. Korxona rahbariyatiga axborot berish uchun e’lon qilingan dolzarb materiallar sharhlarini tayyorlash

Ommaviy axborot vositalari bilan axborot-ma’lumotnoma ishlarini amalga oshirish uchun korxona faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha tahliliy, statistik va boshqa materiallarning tizimlashtirilgan ma’lumotlar bankini tashkil etish

Korxona faoliyatini eng to‘liq va xolisona yoritish maqsadida milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari hamda jurnalistlar bilan o‘zaro hamkorlikni amalga oshirish

Internet tarmog‘ida korxonaning veb-saytidagi axborotlarni tashkil etish va uni zamonaviy darajada yoritish

Xizmat o‘z vakolatlari doirasida milliy va xorijiy axborot agentliklari hamda ommaviy axborot vositalarining korxona faoliyati to‘g‘risidagi materiallarni tayyorlashda ko‘maklashish to‘g‘risidagi buyurtmalari va so‘rovlarini ko‘rib chiqadi