“Hunar - hunardan rizqing unar” deydi dono xalqimiz. Darhaqiqat, har bir inson o‘z kasb-kori bilan el o‘rtasida hurmat-e’tibor topadi, rizqi unadi. Shunday kasblar bo‘ladiki, ular avloddan avlodga o‘tadi, ustozlar o‘z shogirdlariga sirlarini o‘rgatib, kamol toptiradi. Bularga temirchilik, chilangarlik, elektr uskunalar ustasi va boshqa kichik mutaxassisliklar kiradiki, ularda malaka oshirish uchun albatta, nazariy va amaliy ko‘nikmalar tengdan olib borish zarur bo‘ladi.
Energetika sohasida ko‘p yillik tarixga ega «O’ZBEKENERGOTA’MIR» aksiyadorlik jamiyati qoshida yangi barpo etilgan "O‘quv markazi" ayni kunda ana shunday mutaxassislarni tayyorlashga katta e’tibor qaratmoqda.



Bundan tashqari “O‘quv markazi” tomonidan қозон va bug‘-gaz turbina uskunalarini ta’mirlash bo‘yicha chilangar, keng profilli mashinist, dasturlashtiriladigan mashina operatori, ta’mirlovchi chilangar, texnologik asbob-uskunalar va tegishli tuzilmalarni yig‘uvchi singari kasb sirlarini ham o‘rgatish rejaga kiritilgan. Shuningdek, kurs bitiruvchilarining yakuniy bilimlarini baholab borish maqsadida ta’rif malaka komissiyasi tomonidan amaliy va nazariy imtihonlar o‘tkaziladi. Bu esa, ta’lim olishning yuqori sifat darajasini kafolatlaydi.
Ushbu "O‘quv markazi" tomonidan joriy yildan boshlab bir qator yo‘nalishlar bo‘yicha o‘quv kurslari tashkil qilinmoqda. Ilk mashg‘ulot “Elektrgazpayvandlovchi” (“Argon-gaz himoya ostida payvandlash”) yo‘nalishi bo‘yicha 160 soatga mo‘ljallangan o‘quv kurslariga bag‘ishlandi. O‘quv kursiga jamiyatning hududiy uchastkalaridan 25 nafar ishchi-xodimlar jalb etildi.
Soʻnggi yillarda energetika sohasiga kirib kelayotgan yangidan yangi texnologiyalar xodimlarning professional oʻsishiga alohida eʼtibor qaratishni talab etmoqda. Zero mahalliy sharoitda bunday yangicha uskunalar va qurilmalarda ishlay oladigan malakali kadrlar iqtisodiyotning ravnaq topishiga munosib hissa qoʻshadi.

Avval xabar berganimizdek, «OʻZBEKENERGOTAʼMIR» AJ qoshida tashkil etilgan “Oʻquv markazi”da xodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha rejali ishlar amalga oshirilmoqda. Taʼkidlash zarurki, 18 ta turli yoʻnalishlarni oʻz ichiga qamrab olgan oʻquv rejasi asosida mashgʻulotlar joriy yilning 15-fevralidan boshlab muntazam oʻtkazilmoqda. Nazariy va amaliy mashgʻulotlarning sifatli oʻtkazilishi energetika sohasida koʻp yillik tajribaga ega mutaxassislar va oliygohlardan taklif etilgan professor-oʻqituvchilar zimmasiga yuklatilgan.

Dastlabki mashgʻulotlar “Elektrgazpayvandlovchi” (Argon-gaz himoya ostida payvandlash) yoʻnalishi boʻyicha oʻtkazildi. 160 soatga moʻljallangan oʻquv kurslariga jamiyatning barcha hududiy uchastkalardan 25 nafar ishchi-xodimlar jalb etilgan edi.


Keyingi bosqichda “(IES) Qozon va bugʻ-gaz turbina uskunalarini taʼmirlash boʻyicha chilangar” yoʻnalishi boʻyicha 160 soatga moʻljallangan oʻquv kurslariga barcha hududiy uchastkalardan 30 nafar ishchi-xodimlar mashgʻulotlarda ishtirok etdilar.
Hozirda yoʻnalishlar boʻyicha oʻquv mashgʻulotlari nihoyasiga yetkazilib, yakuniy imtihonlar natijasiga koʻra barcha tinglovchilarga guvohnomalar taqdim etildi.
Kuni kecha habar berganimizdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 2 dekabrdagi PQ-436-son qarori ijrosini ta’minlash hamda 2030 yilgacha O‘zbekiston Respublikasida «yashil» iqtisodiyotga o‘tish va «yashil» o‘sishni ta’minlash bo‘yicha harakatlar rejasiga asosan aynan energetika sohasida faoliyat olib boradigan korxonalarda ko‘plab bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar belgilangan edi.
Bu borada "O‘ZBEKENERGOTA’MIR" AJ da ham hozirgi kunga kelib bir qator keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan joriy yilning 2 may kuni, Toshkent Davlat Agrar Universitetining bir qator professor o‘qituvchilari va 30 nafardan ortiq talabalar ishtirokida «O‘ZBEKENERGOTA’MIR» AJ ga qarashli Ishlab chiqarish bazasi hududi bo‘ylab ekskursiya tashkil etilib, ushbu ekskursiyadan asosiy maqsad talabalarni o‘z yo‘nalishi va kelajakda tanlagan kasbiga bo‘lgan qiziqishni yanada kuchaytirish, o‘z kasbining etuk mutaxassissi bo‘lib etishiga o‘zgina bo‘lsa ham korxonamiz tomondan hissamizni qo‘shish deb bilamiz.
Tashkil etilgan ekskursiyadan so‘ng “Energiya tejamkorlikni oshirish” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Ushbu davra suhbatini "O‘ZBEKENERGOTA’MIR" AJ Bosh direktori v.b. Radjabov Ilxom Boltayevich o‘z nutqlari bilan ochib berdilar. Shundan so‘ng davra suhbatini I.Karimov nomidagi Toshkent Davlat Texnika Universiteti Elektr-energetika fakulteti texnika fanlari doktori, professor Mirsaidov Ja’far Mirzaaxmatovich davom ettirdilar. Suhbat davomida professor J.M.Mirsaidov o‘zlarinig uzoq yillik tajribalari va yillar davomida orttirilgan bilim va ko‘nikmalarini taklif etilgan talabalar va korxonamiz ishchi-xodimlari bilan ulashdilar hamda foydali ma’lumotlarni aytib o‘tdilar. Davra suhbatiga taklif etilgan Toshkent Davlat Agrar Universiteti Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish kafedrasi mudiri M.Jiyanov ham o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdilar.
Bundan tashqari «Oquv markazi» tomonidan “Nazorat o‘lchov asboblari va avtomatika bo‘yicha elektr-chilangar” yo‘nalishi bo‘yicha tashkil qilingan o‘quv kurslariga hududiy uchastkalardan jalb qilingan 12 nafar ishchi-xodimlar ham tashkillashtirilgan davra suhbatida ishtirok etishdi va o‘zlari uchun kerekli ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.
Davra suhbati yakunida "O‘ZBEKENERGOTA’MIR" AJ «O‘quv markazi» boshlig‘i Umarov Sarvar Yarkulovich so‘zga chiqib kelgusida bu kabi davra suhbatlari bundan ham keng ko‘lamda o‘tkazilishi, nafaqat “Energiya tejamkorlikni oshirish” mavzusida balki energetika sohasiga oid bosgqa mavzularda ham o‘quv semenarlar va davra suhbatlari o‘tkazish rejada bo‘rligi to‘g‘risida aytib o‘tdilar. So‘ngra tashkillashtirilgan ekskursiya va davra suhbatida ishtirok etgan barchaga talabalarga, o‘qituvchi va professorlarga va ishchi-xodimlarga korxonamiz nomidan minnatdorchilik bildirilib tadbirga yakun yasaldi.
«O‘ZBEKENERGOTA’MIR» AJ «O‘quv markazi» tomonidan 2023 yil 1 avgust kunidan boshlab “Yuk ildiruvchi-bog‘lovchi” (Stropalshik) yo‘nalishi bo‘yicha 80 soatga mo‘ljallangan navbatdagi o‘quv kurslari tashkillashtirildi. Tashkillashtirilgan o‘quv kurslariga barcha hududiy uchastkalardan 16 nafar ishchi-xodimlar jalb qilindi. Ushbu o‘quv kurslarini nazariy qismi bo‘yicha o‘qitish Fuqarolik-xuquqiy shartnoma asosida ishga qabul qilingan Q.Djalilov zimmasiga, amaliy qismi bo‘yicha o‘qitish Ishlab chiqarish bazasi (IES) qozon va chang-kukun tayyolash sexlarini ta’mirlash bo‘yicha 3-darajali chilangar N.Ashurmatov zimmasiga yuklatildi.

Hozirda “Yuk ildiruvchi-bog‘lovchi” (Stropalshik) yo‘nalishi bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari boshlangan bo‘lib, o‘quv kursi yakuni bo‘yicha imtixonlarni kerakli baholarga topshirgan ishchi-xodimlarga yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan yo‘nalish bo‘yicha guvohnomalar taqdim etiladi.


