Shu yilning 1-aprelidan 30-apreliga qadar “Angren IES” AJ 6-sonli turbogeneratorida reja asosida joriy ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
“O‘zbekenergota’mir” aksiyadorlik jamiyatida 2025-2027-yillarga mo‘ljallangan jamoa shartnomasining 2025-yildagi ijrosiga bag‘ishlangan mehnat jamoasining umumiy yig‘ilish-konferensiyasi yuqori saviyada tashkil etildi.
"O‘zbekenergota’mir" AJ rahbar-xodimlari uchun “Korrupsiya xavflarini bartaraf etish – samarali korporativ boshqaruvning ajralmas qismi” mavzusida profilaktik tadbir tashkil etildi.
Ezgulik va yangilanish timsoli bo‘lgan Navro‘z umumxalq bayrami “O‘zbekenergota’mir” AJda ham keng va tantanali ruhda nishonlandi. Ushbu bayram tadbiri korxona jamoasini yanada birlashtirib, milliy qadriyatlarimizga bo‘lgan hurmat va e’tiborni yuksaltiruvchi unutilmas onlarga boy bo‘ldi.
.jpg)
Aziz yurtdoshlar!
Qadrli jamoadoshlar!
Sizlarni yurtimizda keng nishonlanayotgan ulug‘ va qutlug‘ ayyom — Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan samimiy muborakbod etamiz!
Navro‘z — tabiat uyg‘onishi, yangilanish va ezgulik timsoli bo‘lgan, qalblarga iliqlik, mehr-oqibat va umid bag‘ishlovchi qadimiy va betakror bayramdir. Ushbu muborak kunlarda har bir xonadonga fayzu baraka, tinchlik-osoyishtalik, qut-baraka va farovonlik kirib kelsin.
“O‘zbekenergota’mir” aksiyadorlik jamiyati jamoasi o‘zining halol va samarali mehnati bilan mamlakatimiz energetika tizimini mustahkamlash, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va xalqimiz farovonligiga munosib hissa qo‘shib kelmoqda. Sizlarning fidokorona mehnatingiz, kasbiy mahorati va yuksak mas’uliyatingiz har qanday e’tirofga loyiqdir.
Bugungi yangilanish va taraqqiyot davrida har biringizning mehnatingiz jamiyatimiz rivoji uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Kelgusida ham birgalikda yangi zafar va yutuqlarga erishib, korxonamiz nufuzini yanada yuksaltirishga ishonaman.
Navro‘z ayyomi barchamizga qutlug‘ bo‘lsin!
Hurmat bilan,
Djamoliddin Yakubov,
“O‘zbekenergota’mir” AJ Bosh direktori
Yurtimizda 13–14 mart kunlari “Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!” shiori ostida o‘tkazilayotgan umumxalq xayriya hashari keng jamoatchilikni bir maqsad — obodonchilik va atrof-muhitni asrash yo‘lida birlashtirmoqda. Ushbu xayrli tashabbusda “O‘zbekenergota’mir” aksiyadorlik jamiyati jamoasi ham faol ishtirok etmoqda.
“O‘zbekenergota’mir” AJda 8 mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan jamiyatda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarga alohida e’tibor va ehtirom ko‘rsatildi. Korxona rahbariyati tashabbusi bilan tashkil etilgan bayram tadbiri ayol xodimlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashgani bilan ahamiyatli bo‘ldi.
“O‘zbekenergota’mir” AJ rahbar kadrlari uchun “Zamonaviy boshqaruv” yo‘nalishida maxsus malaka oshirish o‘quv kurslari boshlandi. Ushbu o‘quv dasturlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi bazasida tashkil etildi.
Mazkur tashabbus “O‘zbekenergota’mir” AJ Bosh direktori hamda Jamiyat O‘quv markazi tomonidan ilgari surilib, rahbar kadrlarning kasbiy salohiyatini tizimli ravishda oshirish va zamonaviy boshqaruv kompetensiyalarini shakllantirish, kompaniya boshqaruv salohiyatini yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan.
Sizni Rossiya Klasterlar Ishbilarmonlik Uyushmasi bilan tanishishga taklif qilamiz: