Fotovoltaik loyihalarni tayyor holda topshirish bo'yicha barcha turdagi ishlarni bajarish, jumladan, stansiya uchun joy tanlash, muhandislik hisob-kitoblari, loyihalash, davlat organlarida loyiha hujjatlarini ekspertizadan o'tkazish, tizimni o'rnatish, ishga tushirish, tizimni monitoring qilish va kafolatli xizmat ko'rsatish.
2022-2024 yy. «O‘ZBEKENERGOTA’MIR» AJ tomonidan, respublikamiz hududlarida umumiy quvvati 25 MVt dan ortiq fotoelektr stansiyalari (FES) qurib bitkazilib, ishga tushirildi. Sanoat sektorida o‘rnatilgan quvvtalar 16 MVtdan ortiq:
"Talimarjon issiqlik elektr stansiyasi" AJ hududidagi 790 kVt (2023-yil) FES
"Issiqlik elektr stansiyalari" AJ "Sirdaryo issiqlik elektr stansiyasi" filiali hududidagi 1326 kVt (2022-yil) FES
"Angren issiqlik elektr stansiyasi" AJ hududidagi 100 kVt (2023-yil) FES
"Issiqlik elektr stansiyalari" AJ "Muborak issiqlik elektr markazi" filiali hududidagi 1220 kVt (2022-yil) FES
"Navoiy issiqlik elektr stansiyasi" AJ hududidagi 1035 kVt (2022 y) va 200 kVt (2023 y) FES
520 kVt (2023-yil) "Issiqlik elektr stansiyalari" AJ "Sirdaryo issiqlik elektr stansiyasi" filiali hududidagi FES
"Taxiatosh issiqlik elektr stansiyasi" AJ hududidagi 1040 kVt (2022y), 435 kVt (2023y) va 180 kVt (2024y) FES
"Toshkent issiqlik elektr stansiyasi" AJ hududidagi 80 kVtli FES (2022-yil)
"Talimarjon issiqlik elektr stansiyasi" AJ hududidagi 1038 kVt (2022-yil) FES
"Issiqlik elektr stansiyalari" AJ "Toshkent issiqlik elektr markazi" filiali hududidagi 506 kVt (2022-yil) FES
"Issiqlik elektr stansiyalari" AJ "To‘raqo‘rg‘on issiqlik elektr stansiyasi" filiali hududida 4500 kVt (2024y)
"Issiqlik elektr stansiyalari" AJ "Farg‘ona issiqlik elektr markazi" filiali hududidagi 1929 kVt (2022-yil) va 1090 kVt (2023-yil) FES