Sayt test rejimida ishlamoqda

Toshkent viloyati, Qibray tumani, Tosh DUK ko‘chasi 296-uy info@uzbekenergotamir.uz
Sayt xaritasi (1100)(+998 55) 508-89-98

Yoshlar ittifoqining faoliyati

Issiqlik elektr stansiyalari tizimida yoshlarga oid davlat siyosatiga muvofiq yoshlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi amalga oshirilmoqda. Xususan, sohada mehnat qilayotgan yoshlarning har tomonlama yetuk mutaxassis bo‘lishga intilishlarini qo‘llab-quvvatlash, xalqaro andozalar asosida kasb-hunar egallashga faol intilayotgan, innovatsion g‘oyalar va ilmiy-texnik loyihalarni ishlab chiqayotgan iqtidorli yoshlarni aniqlash va ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida izchil ishlar amalga oshirilmoqda, ixtirolar, takliflar, ularning kasb mahorati va bilimini oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilmoqda.

Korxonada yoshlar kutubxonasi va o‘quv zallari, sport, futbol maydonlari, ishlab chiqarish maydonlarida yosh mehnatkashlarning bo‘sh vaqtlarida madaniy hordiq chiqarishi uchun sharoitlar yaratilgan. Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusga muvofiq korxona rahbariyati ishtirokida ishlab chiqarish maydonlarimizda yoshlar o‘rtasida forumlar, bayramlar, uchrashuvlar, ko‘rik-tanlovlar o‘tkazilmoqda. Kitobga muhabbat, mustaqil fikrlash va keng dunyoqarash, adabiyot, musiqa, teatr va san’atga qiziqish uyg‘otish maqsadida «Yosh kitobxon», «Kitobxon oilasi», «Eng yaxshi insho» kabi tadbirlar tashkil etilmoqda. Musobaqa g‘olib va sovrindorlari qimmatbaho va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadilar. Atoqli yozuvchi va shoirlar ijodini o‘rganishga bag‘ishlangan adabiy haftaliklar muntazam o‘tkazilmoqda.

Yangiliklar

Barcha dolzarb yangiliklar

Davomini o`qish
Muhim fakctlar

Yana muhim faktlarni bilib oling

Davomini o`qish
Korrupsiyaga qarshi kurashish

Yosh avlodga munosib ibrat kerak.

Davomini o`qish
Ma'lumot so'rash

Ma'lumotlarni so'rash uchun ko'rsatmalar

Davomini o`qish
So'rov yuboring

So'rovingizni yuboring

Davomini o`qish