Jamiyat bo‘lim rahbarlari uchun “Kiberxavfsizlik: tahdidlar, himoya choralari va amaliyot” mavzusida seminar-trening tashkil etildi. Tadbirda asosiy e’tibor xavf-xatarlarni tahlil qilishga qaratildi. Xususan, fishing, ijtimoiy muhandislik, tovlamachilik va korporativ akkauntlarning buzilishi kabi holatlar muhokama qilindi.

Inson omilining ta’sirini kamaytirish maqsadida raqamli gigiyenaning asosiy qoidalari belgilab olindi. Jumladan:
• har bir xizmat (servis) uchun yagona va takrorlanmas parollardan foydalanish;
• ikki bosqichli autentifikatsiyani (2FA) majburiy tarzda joriy etish;
• shubhali havolalar orqali o‘tishni rad qilish;
• dasturiy ta’minotni faqat rasmiy manbalardan o‘rnatish;
• shaxsiy hujjatlar va bank kartalariga oid ma’lumotlarni messenjerlarda saqlamaslik.

Kiberxavfsizlik sohasida xodimlar bilan tizimli ish olib borish kompaniyaga operatsion xavflarni kamaytirish va korporativ ma’lumotlar himoyasini ta’minlash imkonini beradi.