Mazkur ta’mirlash ishlari energetika uskunalarining ishonchli va samarali ishlashini ta’minlash, shuningdek, ularning xizmat muddatini uzaytirish maqsadida tashkil etilgan.
Ta’mirlash jarayonida “O‘zbekenergota’mir” AJ yuqori malakali mutaxassislari hamda “Angren IES” AJ tajribali muhandis-texnik xodimlari faol ishtirok etmoqda. Ishlar belgilangan texnik me’yorlar va xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya etilgan holda olib borilmoqda.

Joriy ta’mirlash doirasida turbogeneratorning asosiy va yordamchi qismlari to‘liq ko‘zdan kechirilmoqda, zarur hollarda ehtiyot qismlar almashtirilmoqda, mexanik va elektr tizimlarda aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilmoqda. Shu bilan birga, uskunaning samaradorligini oshirishga qaratilgan profilaktik tadbirlar ham amalga oshirilmoqda.

Mazkur ta’mirlash ishlarini sifatli va o‘z vaqtida yakunlash korxonaning kuz-qish mavsumida barqaror ishlashini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu esa, o‘z navbatida, iste’molchilarga uzluksiz va ishonchli elektr energiyasi yetkazib berishga xizmat qiladi.