Dasturning asosiy yo‘nalishi – energetika sohasidagi ta’mirlash ishlarining zamonaviy standartlari:
• Defektoskopiya — metall konstruksiyalar va payvand choklaridagi yashirin nuqsonlarni aniqlash;
• Elektrgazpayvandlash — yuqori bosim ostida ishlovchi uskunalar bilan xalqaro talablar asosida ishlash.

Mazkur dastur nazariy va amaliy mashg‘ulotlarni o‘z ichiga olgan bo‘lib, yakunda ishtirokchilar attestatsiyadan o‘tkaziladi. O‘quv kursini muvaffaqiyatli tamomlagan mutaxassislarga xalqaro darajadagi sertifikatlar topshiriladi.

“O’zbekenergota’mir” AJ xodimlarning kasbiy mahoratini oshirishga tizimli ravishda sarmoya kiritmoqda. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad — O‘zbekiston issiqlik elektr stansiyalarida ta’mirlash ishlarining xavfsizligi va ishonchliligini yangi bosqichga ko‘tarishdir.