Sayt test rejimida ishlamoqda

Toshkent viloyati, Qibray tumani, Tosh DUK ko‘chasi 296-uy info@uzbekenergotamir.uz
Sayt xaritasi (1100)(+998 55) 508-89-98

“O‘zbekenergota’mir” AJda qutlug‘ ayyom arafasida ayollarga yuksak ehtirom ko‘rsatildi

Erta tongdanoq jamiyat ostonasida bayramona muhit hukm surdi. Korxonada mehnat qilayotgan xotin-qizlar rahbariyat va hamkasb erkak xodimlar tomonidan samimiy tilaklar va bayram sovg‘alari bilan tantanali kutib olindi. Ularga gullar taqdim etildi, ezgu tilaklar bildirildi.

Tantanali tadbirda ayol xodimalarni samimiy qarshilagan jamiyat rahbari Djamoliddin Yakubov ularni qutlarkan, jamiyatda mehnat qilayotgan xotin-qizlarni energetika sohasidagi mas’uliyatli va sharafli mehnati, yuksak kasbiy mahorat hamda sadoqati uchun alohida qadrlashini ta’kidladi. Shuningdek, ayollar nafaqat ish joyida, balki oilada ham mehr-oqibat, sabr-toqat va ezgulik timsoli ekanini alohida qayd etdi.

Bahor nafasi bilan uyg‘unlashgan bu kabi samimiy e’tiroflar esa ayol xodimlarga yangi kuch va ilhom baxsh etdi.

Ish kunining boshidanoq boshlangan bayram shukuhi hamkasaba ayollarga ko‘tarinki kayfiyat ulashib, ularni yanada ruhlantirdi.