Sayt test rejimida ishlamoqda

Toshkent viloyati, Qibray tumani, Tosh DUK ko‘chasi 296-uy info@uzbekenergotamir.uz
Sayt xaritasi (1100)(+998 55) 508-89-98

“Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!” — “O‘zbekenergota’mir” AJ jamoasi umumxalq xayriya hasharida faol ishtirok etmoqda

Hasharning birinchi kunida korxona hududida keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. Xodimlar tomonidan ishlab chiqarish maydonlari va ma’muriy binolar atrofi tartibga keltirildi, hudud tozalandi. Shuningdek, daraxtlarni oqlash va butash ishlari tashkil etildi. Bu esa korxona hududining yanada obod va ko‘rkam bo‘lishiga xizmat qildi.

Hasharning ikkinchi kunida esa ekologik barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan ishlar davom ettirildi. Jumladan, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida korxona hududi hamda ishlab chiqarish uchastkalari atrofiga mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekish ishlari amalga oshirildi.

Mazkur tadbirlar nafaqat hududni obod qilish, balki atrof-muhitni muhofaza qilish, yashil maydonlarni kengaytirish va ekologik madaniyatni yuksaltirishga xizmat qiladi. Shu bilan birga, jamoada birdamlik va hamjihatlik muhitini mustahkamlashda ham muhim ahamiyat kasb etmoqda.

“O‘zbekenergota’mir” AJ jamoasi bunday xayrli tadbirlarda faol ishtirok etish orqali yurtimizda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlariga munosib hissa qo‘shmoqda.