Shu nuqtai nazardan, “O‘ZBEKENERGOTA'MIR” AJ rahbariyati tomonidan zamon talablariga mos yondashuvlar joriy etilmoqda. Xususan, ishlab chiqarish jarayonidan uzilmagan holda xodimlarning malakasini oshirish, ularni xorijiy texnik adabiyotlar bilan mustaqil ishlay oladigan darajaga olib chiqish maqsadida korxonada chet tili kurslari tashkil etildi.
Kadrlar tayyorlash bo‘limi tomonidan ushbu tashabbus ilgari surilib, xodimlar uchun qulay sharoitda, bevosita ishlab chiqarish jarayoni bilan uzviy bog‘liq holda ta’lim olish imkoniyati yaratildi. Bu yondashuv nafaqat xodimlarning lingvistik bilimlarini, balki texnik hujjatlar bilan ishlash ko‘nikmalarini ham rivojlantiradi.
Mazkur til kurslari orqali xodimlar ingliz tilidagi texnik adabiyotlar, xalqaro tajriba asosida ishlab chiqilgan hujjatlar va amaliy qo‘llanmalardan bevosita foydalanish imkoniga ega bo‘lishmoqda. Natijada, ularning kasbiy malakasi oshib, “O‘ZBEKENERGOTA'MIR” AJning xalqaro miqyosdagi loyihalarda ishtirok etish salohiyati sezilarli darajada kengayadi.